HMQO | TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI - On-line

Yangiliklar
Reklama [1]
Yangiliklar [11]
Ro'yxatdan o'tish
Yangiliklar kuni
«  Декабрь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
On-line
On-line: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
Qidirish tizmi
Reklama

 
Hamkorlar
Ob - havo

 
Ma'lumot
 
  Топ-рейтинг НИПС www.uz
  


Assalomu allaykum Гость | RSS
On-line " H M Q O " FAKULTETI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.2005 yildagi #PF-3678 sonli “Mustaqil teleradiokanallarning rivojlantirish va qayta tashkil etish chora-tadbirlari to’grisidagi” farmoniga asosan O’zbekiston Teleradiokompaniyasi O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (O’zbekiston MTRK) etib qayta tashkil qilinsin.
 
O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ochiq fuqarolik jamiyatini, huquqiy demokratik davlat tuzilishiga qaratilgan, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy va sosial-iqtisodiy rivojlanishi to’grisidagi muhim masalalarni televideniye va radio orqali jamoatchilikka etkazish tashkiloti hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalarini liberizasiya va demokratizasiya qilish, inson huquq va ozodligini hurmat qilish, teleradiodasturlarni badiiy saviyasini professional darajada oshirish, iqtisodiy o’z-o’zini boshqarish, muvofiq tehnik bazasini yanada rivojlantirish va teleradio tarkibiy bo’linmalarni saviyasini oshirish.

 

     TV ko'rsatuvlar
 
      O'zbekiston telekanali

     Radio eshittirish

      Radiokanal "O'zbekiston"
      Radiokanal "Yoshlar"
      Radiokanal " Mash`al"
      Radiokanal "Toshkent"
      Radiokanal "Oltin - Zamin"
Televideniya tarixi
Hozirgi kunda kundalik hayotimizni oynai jahonsiz tasavvur qilolmaymiz . Texnika taraqqiyot etgan sari televizorlar ham rivojlanib , mukammallashib bormoqda . Ammo ana shu televizorning tarixi haqida nimalar bilasiz ?

Televizor Rekord 1956 yil ishlab chiqarilgan.
Ma ’ lumki , ommaviy axborot vositalari orasida televideniye eng kenjasi bo ’ lib , mamlakatimizda uning paydo bo ’ lganiga deyarli yarim asr bo ’ lay deb qoldi . Tasvirni bir manzildan , boshqa manzilga uzatishga urinish ishlari XIX asr o ’ rtalarida olib borilgan . Ingliz mexanigi A.Benua surat xolidagi tasvirni uzatish apparatini 1843 yili ixtiro qilgan. A.Benua qog’ozday ingichka qalay parchasiga tasvir tushirib, maxsus siyoh yordamida yozuvlar bitib, qalay taxtachani tasvir tarqatuvchi apparatga o’rnatgan. Tasvirni qabul qiladigan apparatga esa elektr toki ta’sirida xiralashadigan maxsus, qog’oz o’rnatgan. Tasvirni elektr quvvati yordamida masofaga uzatadigan yana bir texnik uskuna loyihasi 1858 yilda Rossiya rasmiy doiralarida muhokama qilganligi haqida ham ma’lumotlar bor.
1897 yili bir muhim ixtiro qilinadi, nemis fizik olimi K.F. Braun osselograf uchun nur tarqatuvchi elektron trubka yaratdi. Ana shundan so’nggina Peterburg Texnologiya INstituti professori Boris Lvovich Pozing television tasvirni qabul qilish, uni bir manzildan boshqa manzilga uzatishga muvaffaq bo’ladi. 1907 yili B.Rozing tasvirni masofaga uzatishda nur tarqatuvchi electron trubkani qo’llashnitaklif etadi. 1911 yili 22(9) mayda Rozing yorug’ fonda bir-biriga parallel ikkita qora chizig’ini nur tarqatuvchi electron trubkada qabulqilishni tajribada sinab ko’rdi.
Toshkentning Shayxontohur mavzesidagi Bola masjid ko’chasi, 74-uyda, (hozirgi Navoiy ko’chasidagi 199 uy. Hozirgi Toshkent televideniyesi markazi yonida) Yusufxon aka va Hamza opa Mirzamuhamedovlar uyida, 1925-1928 yillarda tasvirni ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi tomonlari to’la electron tizimiga asoslangan hozirgi zamon televideniyesi yaratilib, jahonda birinchi bo’lib harakatdagi haqiqiy television tasvir qabul qilindi. Ushbu ixtiro asoschilari o’sha paytdagi Eski shaharning so’lim hovlisidagi boloxonali uyning bir xonasida yashovchi Boris Grabovskiy bilan Ivan Belyanskiylar edilar.

Televizor KVN 4a - 1948 yil ishlab chiqarilgan. (1 - ko`rinish)
1928 yilning 4 avgust kuni teletasvirni uzatuvchi apparat ko’chaga o’rnatildi. «Xiva» kinoteatri oldiga o’rnatilgan telemajmuaning tasvirni qabul qiluvchi qismida o’tib ketayotgan tramvay ko’rindi. Bu dunyoda birinchi bor ko’chada to’g’ridan-to’g’ri olib ko’rsatilayotgan telereportaj – toshkentlik ixtirochilarning katta g’alabasi edi.
Televizor haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, u telestudiyalardan uzatiladigan teleeshittirishlarning signallarini qabul qilish,kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun mo’ljallangan radioelektron qurilma. Televizorning rangli va oq-qora, statsiognar va ko’chma xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan electr signallarini to’lqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqali televizorga uzatiladi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, so’ngra kineskop va radiokarnayga o’tadi. Generatorlar vositasida kineskop ekranida television rastr hosil qilinadi. Oq-qora televizorda tasvir tasvir signallari qora va yorug’ elementlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizor bir, uch, besh, o’n ikki, o’ttiz bir va hokazo kanallari bo’ladi. Televizorda qabul qilish uchun metrli to’lqinlardiapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun televizorlarga alohida moslama – konverton qo’yiladi. U detsimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa television kanal chastotasiga moslab beradi. Televizorlarning tuzilishi standartlashtirilgan. Uning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlb ulash bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvatlari bilan ta’minlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini ko’rish uchun televizorda sozlash blokidan foydalaniladi. Bu sozlash bloki yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan bo’ladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchunbu signallar kuchaytirilganidan so’ng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqa-boshqa mustaqil kanallar bo’yicha ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detector yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli televizorlarning tuzilishi ancha murakkab, ular oq-qora televizorlardan ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye tizimi uch kanalli bo’ladi. Monoxrom tashkil etuvchilar – qizil, ko’k va zangori ranglar rang qorgichchida aralashadi, so’ngra uzatgich modilyatoriga o’tadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan uch chastota kanaliga bo’linib, rangli kineskopga o’tadi. Sifat ko’rsatkichlari, ekranning o’lchami va foydalanishga qulayligi bo’yicha televizor to’rt sinfga bo’linadi: I – III sinfdagisi – statsionar televizorlar, IV sinfdagisi – portativ, ya’ni ko’chma televizorlar, odatda, televizorlar bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv bloklardan tuziladi. Televizorlarda asosan, yarim o’tkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qo’llaniladi. Ekrani tekis va elektrlyuminiforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli televizorlar yaratilgan.

 

 

Barcha huquqlar himoyalangan. © Copyright "MC SHOH" 2016 TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI