HMQO | TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI - Kollej haqida

Yangiliklar
Reklama [1]
Yangiliklar [11]
Ro'yxatdan o'tish
Yangiliklar kuni
«  Декабрь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
On-line
On-line: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
Qidirish tizmi
Reklama

 
Hamkorlar
Ob - havo

 
Ma'lumot
 
  Топ-рейтинг НИПС www.uz
  


Assalomu allaykum Гость | RSS
Kollej haqida " H M Q O " FAKULTETI
TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI TARIXIDAN

   Toshkent yuridik kolleji O’zbekiston davlat, jamoat va xususiy korxonalar, tashkilotlar, muassasalar uchun to’liqsiz oliy ma’lumotli huquqshunoslar, arxivaruslar, hujjat ishlarini yurituvchilar tayyorlaydigan yagona asosiy ilm maskanidir. U tashkil topganidan so’ng katta va sharafli tarixiy yo’lni bosib o’tdi.

   Toshkent yuridik texnikumi (1992 yildan boshlab Toshkent yuridik kolleji) Toshkentda 1977 yil 8 sentabrda Sobiq Ittifoqda birinchi bo’lib, halq xo’jaligini o’rta maxsus yuridik ma’lumotli mutaxassislar bian ata’minlash maqsadida ochilgan o’rta maxsus bilim beruvchi o’quv yurtidir.

  Yurudik texnikumning tarixi, tashkil etilishi va uning rivojlanishi o’sha paytda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bo’lib ishlagan, yuridik fanlari doktori, professor, respublikamizda xizmat ko’rsatgan yurist Mamlakat Sobirovna Bosiqova, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vaziri F.Abdurahmonov, Toshkent yuridik texnikumining birinchi direktori Umar Abdusalomovich Abdusalomovlarning nomlari bilan bog’liq.
 

  
   O’sha vaqtda Toshkent yuridik texnikumi o’qituvchilar jamoasi ham asosan yosh mutaxassislardan shakillangan edi. 1977-1978 yildan texnikumga Toshkent Davlat Dorilfunining yuridik fakul’tetini bitirgan Axmedov A.N., Nazarov X.N., Sattarova M.A., Inamjonova G.M., Toshtemirova L., Rajabova D.M., Pak F.F. yo’llanma bilan yuborildilar va ular o’z mehnat faoliyatini mana shu ilm dargohida boshladilar.

   Texnikum oyoqqa turib olguncha talabalarga Toshkent Davlat Dorilfunini yuridik fakul’teti, Respublikamiz sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining tajribali mutaxassislari saboq berdilar, ular ushbu an’anani hozirgi kunda ham davom ettirmqdalar.

   Toshkent yuridik texnikumi dastlab Toshkent shahar sudining eski binsida – “Западная, 4 – uy” da joylashgan edi. 1979 yilda Shota rostaveli hozirgi usmon Nosir ko’chasidagi 25 uydagi binoga ko’chirildi.

   1986 yilda esa texnikum direktori Halima Qodirovna Muhitdinovaning harakatlari bilan o’zining alohida o’quv binosiga va yotoqxonasiga ega bo’ldi.

   Toshkent yuridik texnikumini birinchi bo’lib 1979 yilda 149 talaba bitirib chiqdi. Texnikumning birinchi talabalari ichida Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Tojikiston respublikalaridan kelib taxsil olgan talabalar ham bor edi.

   Toshkent yuridik texnikumi sobiq ittifoqda birinchi tashkil qilingan muassasi bo’lib, umumittifoq, ahamiyatiga ega edi. Shu boisdan keyinchalik boshqa Respublikalarda tashkil etligan yuridik texnikumlarga Toshkent yuridik texnikumi har tomonlama yordam berdi, o’z tajribasini o’rgatdi.

   Har yili bitiruvchilarning 10 foizi texnikum pedagogik kengashi qarori bilan yuridik oily o’quv yurtlariga o’qishga yuborilgan. Ularning ko’pchiligi oily o’quv yurtlarini bitirib, hozirgi kunda respublikamizning huquq tartibot organlarida , halq xo’jaligida malakali ayurist bo’lib ishlamoqdalar.Xususan, bitiruvchilardan Samadov C.I., Ermatov O.M., Miroliyev S.I., AUmarova Sh, Abdullayeva N, Yaxshiyev Sh, Abdalniyazov Sh, Axmedov A.D., Rasulov N, Azimov O, Qobilov U.T. kabilar o’z ilmi va fidoakorona mehnati bilan respublikamiz yuristlari orasida tanilgan.
 

                                                                                      Abdulla Qodiriy Nomidagi Xalq Merosi Nashriyoti

                                                                                                                                             Toshkent - 1997

 

Barcha huquqlar himoyalangan. © Copyright "MC SHOH" 2016 TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI