“Oltin qalam” milliy mukofotini taqdirlash - 12 Августа 2007 - HMQO | TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI
Yangiliklar
Reklama [1]
Yangiliklar [11]
Ro'yxatdan o'tish
Yangiliklar kuni
«  Август 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Qidirish tizmi
Hamkorlar
Ob - havo

 
Ma'lumot
 
 
  Топ-рейтинг НИПС www.uz


Assalomu allaykum Гость | RSS
Bosh sahifa » 2007 » Август » 12 » “Oltin qalam” milliy mukofotini taqdirlash
“Oltin qalam” milliy mukofotini taqdirlash
14:29

Mamlakatning demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etish jarayonining izchil amalga oshirilishida ommaviy axborot vositalarining o'rni beqiyos kattadir.

Jamiyatimizda o’tkazilayotgan keng qamrovli islohotlarni asosiy maqsadi – jamoatchilikni yangilash va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, va ushbu jarayonda ommaviy axborot vositalarini rolini yanada faollashtirish lozimdir. Shu sababli, ikki yil oldin O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayorlash xalqaro jamoatchilik markazining tashabbusi bilan Ommaviy axborot vositalari xodimlari o’rtasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti joriy etildi. 3 may - Jahon matbout erkinligi kunida, "Turkiston" saroyida jurnalistika sohasida "Oltin qalam" ikkinchi Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Shuni ta]kidlash lozimki, tanlov ishtirokchilarini ko’pchiligi O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimlaridir.

Respublika hayotidagi madaniy va iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda keng yoritgan bizning iqtidorli jurnalistlarimiz quyidagi nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar.

Eng yahshi jurnalistika materiali uchun

Televideniye:

I o’rin

Saodat Usmonova – O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining madaniy-oqartuv dasturi bosh muharririyatining bosh muharriri qishloq hayotiga oid “Qishloq hayoti” ko’rsatuvi uchun.

3 o’rin

To’qin Po’latov – “Yoshlar” teleradiokanali “Davr” bosh muharririyatining bosh muharriri, informasion-analitik ko’rsatuvi uchun.

Radio:

I o’rin

Dilbar Kdirniyazova – Qoraqalpog’iston Respublikasi teleradiokompaniyasi radiokanali muharriri, jamiyatda ayollar rolini oshishi to’grisidagi ko’rsatuvi uchun.

3 o’rin

Obid Berdialiev – O’zbekiston teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining Fag’ona viloyati bo’yicha sharhlovchi, qishloq hayoti muammolari bo’yicha analitik ko’rsatuvi uchun.

Rag’batlantiruvchi mukofotlar

Eng yahshi harbiy-vatanparvar tematikasi bo’yicha

Ra’no Mirahmedova – O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanalining bosh muharriri

Eng yahshi jurnalist

Jo’ra Babarahmatov – O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali sosial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy dasturi bosh muharririyati bo’limi boshlig’i.

Favqulodda vaziyatlar to’grisidagi eng yahshi ko’rsatuv uchun (favqulodda hodisalar, ekologiya va atrov-muhit muammolari).

Irkin Mirzaev – “O’zbektelefilm” studiyasi rejisseri

Mingyillikni rivojlanishi tematikasini yoritish bo’yicha

To’lqin Yorqulov (diplom) – O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali “Mash’al” radiosi bo’limi boshlig’i

“Oltin qalam” Milliy mukofot bilan bizning hamkasb-sovrindorlarni tabriklaymiz va ularga kelajakdagi ijodiy va professional faoliyatida muvofiqiyatlar tilaymiz.
Bo'lim: Yangiliklar | Ko'rildi: 1063 | Joylashtirdi: Admin | Reyting: 5.0/1 |
Barcha sharxlovlar: 1
1  
Hammaga Omad!!!

Sharxlov qo'shish uchun sayt a'zosi bo'lishingiz shart.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

Barcha huquqlar himoyalangan. © Copyright "MC SHOH" 2016

TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI