"Green Card" lotereyasi o’yinlari avjida!!! - 9 Ноября 2007 - HMQO | TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI
Yangiliklar
Reklama [1]
Yangiliklar [11]
Ro'yxatdan o'tish
Yangiliklar kuni
«  Ноябрь 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Qidirish tizmi
Hamkorlar
Ob - havo

 
Ma'lumot
 
 
  Топ-рейтинг НИПС www.uz


Assalomu allaykum Гость | RSS
Bosh sahifa » 2007 » Ноябрь » 9 » "Green Card" lotereyasi o’yinlari avjida!!!
"Green Card" lotereyasi o’yinlari avjida!!!
07:42

 AQSHda qonuniy tarzda ishlash va yashash xuquqini beruvchi lotereyada O’zbekiston fuqarolari ham ishtirok etishi mumkin. AQSHning O’zbekistondagi vitse-konsuli Meridit Rubinning aytishicha, arizalar tegishli veb sahifada ingliz tilida to’ldirilishi lozim. Arizalarni to’ldirish shu yil 3 oktyabridan 2 dekabriga qadar davom etadi. Biroq ishtirokchilarga oxirgi muddatgacha kutib o’tirmaslik maslahat beriladi. Chunki arizalar soni ko’paygani sayin veb sahifa ham sekin ishlaydi. Unda qatnashish bepul. O’rta maxsus ma’lumotga yoki maktabdan keyin 2 yillik ish tajribasiga ega, 18 yoshga yetgan fuqaro qatnashishi mumkin.
“Dasturda ishtirok etish tartibi juda oddiy va qat’iy. Afsuski, bu oddiy qoidalarga amal qilmagan ishtirokchilar arizalari chetlatiladi. Tez-tez kuzatiladigan xatolardan biri: bir kishi bir necha marta ariza to’ldiradi”, - deydi Rubin xonim. Konsul o’rinbosarining aytishicha, dasturdan maqsad AQSHda madaniy xilma-xillikni saqlash va boyitish. Biroq, AQSH viza berilgan fuqarolarning sarf-harajatlarini ko’tarmaydi. Hukumat dastlabki yordam majburiyatini ham olmaydi. Dasturda so’nggi besh yilda AQSHga 50 mingdan ortiq immigrant yuborgan davlatlar, masalan, Rossiya ishtirok etmaydi.
2008 yil natijalariga ko’ra 1026 o’zbekistonlik grin kartani qo’lga kiritgan. Konsullik bo’limidan vizaga rasman ruhsat berilgandan keyingina ishtirokchi yo’l harajati, tibbiy ko’rik va ko’chish bilan bog’liq ishlarga kirishishi mumkin. Imkoniyatlar hamma uchun bir xil. Oliy diplomga ega, ingliz tilida mukkamal gaplashadigan va ingliz tilini bilmaydigan ishtirokchi o’rtasida farq yo’q.
Lotereya kompyuterda anketalarni tasodifiy tanlash asosida o’tkaziladi. Taklif faqat pochta orqali so’rovnomada ko’rsatilgan manzil bo’yicha kelgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Grin karta ishtirokchilari uchun yana bir muhim qayd – internet-kafe yoki bu borada hizmat ko’rsatuvchi kishilar yordamidan foydalangan shaxslar javob uchun faqat o’zlariga tegishli manzilni ko’rsatishi lozim. Aks holda ishtirokchiga javob kelgan taqdirda ham u ariza bergan odamga yetib bormasligi mumkin.
Dasturda ishtirok etuvchilardan ariza to’ldirilishda yolg’on yoki noto’g'ri ma’lumot ko’rsatmasligi so’raladi.

(P/S: Dasturda ishtirok etuvchilar o’z arizalarini quyidagi veb sahifada to’ldirishlari mumkin: http://www.dvlottery.state.gov/ )
Ma'lumot : http://www.blog.sb.uz saytidan olindi
Bo'lim: Yangiliklar | Ko'rildi: 3020 | Joylashtirdi: Admin | Reyting: 5.0/1 |
Barcha sharxlovlar: 6
6  
2014 yil uchun qachon oynaladi? Anketa to'ldirganda yoziladigan Confirmation nuber ni qayerdan olamiz ?

5  
Lotariya o'yinlaridan yutganlarni AQSHda ish bilan ta'minlashga doir ma'lumotlar yo'qmi? Yoki Amerikaliklar bizni ish bilan ta'minlaydimi? Green Card yutgan ishtirokchida qanday imkoniyat bor.faqat aQSHda yashash uchun vizami?Xarajatlarni ishtirokchining uzi kutaradimi?yutmaganlarning javobini qanday bilish mumkin?DVD2010 javobi qachon chiqadi.Yutganlar qachon AQSHga ketish imkoniyatiga ega bolishadi

4  
hujjatni qayoga oborib topshirish kere, ili hammasini internet orqali bitirsa bo'ladimi?

3  
Assalomu alaykum man va ayolim bilan green cardni latareyasini o'ynagan edik lekin javobi kelmadi va qaerdan bilsak bo'ladi javob uchun katta raxmat.

2  
Avgustda o'ynaladimi va hujjatlar qachondan qabul qilinadi

1  
Boshqa ma'lumotlarni qayerdan topaman o'zbek tilida bo'lsa.

Sharxlov qo'shish uchun sayt a'zosi bo'lishingiz shart.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

Barcha huquqlar himoyalangan. © Copyright "MC SHOH" 2016

TOSHKENT YURIDIK KOLLEJI